Tahrir: 2026-10-23
Joylagich — ijtimoiy tarmoqlarga kontent joylash va rejalashtirish uchun veb-platforma. Postlar har bir platformaning rasmiy API'si orqali joylanadi.
Ro'yxatdan o'tgach 3 kunlik bepul sinov beriladi. Keyin — oyiga 29,99 $. To'lov administrator orqali qabul qilinadi va qo'lda faollashtiriladi. Muddat tugaganda yangi postlar yaratish to'xtatiladi, ma'lumotlar saqlanib qoladi.
Joylanadigan kontent uchun foydalanuvchi javobgar. Platformalar qoidalarini buzuvchi kontent joylash taqiqlanadi.
Ijtimoiy tarmoqlarning API cheklovlari (kunlik limitlar, tekshiruv talablari) sababli ayrim postlar kechikishi yoki chiqmasligi mumkin — bunday holatda xabar beramiz.